Uzoq qarindoshdan yaqin qo‘shni afzal – Xitoy TIV

Olam

image

Xitoy qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilikni rivojlantirish tarafdori. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I XIV Butunxitoy xalq vakillari kengashining 2-sessiyasi doirasidagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy do‘stlarining asosiy tashvishlarini hurmat qiladi va yuqori darajadagi yaqin aloqalarni saqlab turadi.

“Xalqimizda “uzoq qarindoshdan yaqin qo‘shni afzal”, degan gap bor. Qo‘shnilar tanlanmaydi, Osiyo esa bizning umumiy uyimizdir. Men va qo‘shnilarim bir-birimizga samimiy munosabatda bo‘lamiz. Biz bir-birimizning qulayligimizni inobatga olgan holda umumiy til topishga, ochiq muloqotlar orqali o‘zaro tushunish va ishonchni mustahkamlashga, kelishmovchilik hamda janjallarni muloqot orqali bartaraf etishga intilamiz. Biz birgalikda turli xavf va qiyinchiliklarga qarshi tura turib, yaxshi qo‘shnichilik yilnomasida yorqin epizodlarni qoldiramiz”, deydi Van I.

Shuningdek, u Xitoy qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirayotganini ta’kidlagan.

Van Ining bildirishicha, Xitoy-Laos temiryo‘li, Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi, Xitoy-Markaziy Osiyo gaz quvuri, Xitoy va Malayziyadagi ikkita sanoat parki, Jakarta-Bandung temiryo‘li kabi bir qator qo‘shma loyihalarning ishga tushirilishi mintaqa iqtisodiyotiga kuchli turtki bo‘ldi. 

“Xitoy qo‘shni davlatlar bilan ochiqlik va inklyuzivlik tarafdori. Biz ochiq mintaqaviylikni amalga oshiramiz, Sharqiy Osiyo hamkorligida faol ishtirok etamiz, ASEAN-markazlikni qo‘llab-quvvatlaymiz va Xitoy-Yaponiya-Janubiy Koreya hamkorligini mustahkamlaymiz. “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammiti muvaffaqiyatli o‘tdi, Lansanszyan – Mekong havzasidagi hamkorlik jadal kengaymoqda. Men eng katta geografik qamrov va eng ko‘p aholiga ega mintaqaviy tashkilot sifatida o‘zini namoyon etgan SHHTni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman”, deydi vazir.

Xitoy o‘z qo‘shnilari bilan tinch-totuv yashashning besh tamoyilini rivojlantirishga tayyor.

“Osiyoda vujudga kelgan besh tamoyil ijtimoiy tuzum va mafkuradagi tafovutlarni yengish imkonini beradi, xalqaro munosabatlarning asosiy normalari va xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga mos keladi hamda davlatlararo munosabatlarni to‘g‘ri tartibga solishga Sharq donishmandligining hissasi bo‘lib xizmat qiladi”, deydi Xitoy Tashqi ishlar vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

Van I Xitoy\\

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing