Saida Mirziyoyeva Xitoy Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 26 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi devoni rahbari, Xitoy Tashqi ishlar vaziri janob Van I bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilib, keng imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda. Shu nuqtai nazardan savdo, iqtisodiyot, investitsiya va madaniy aloqalar kabi ustuvor yo‘nalishlardagi munosabatlar rivojini muhokama qilish alohida ahamiyat kasb etdi.

“Suhbat chog‘ida global masalalar bo‘yicha umumiy qarashlarni shakllantirishga alohida to‘xtaldik. Janob Van Iga iliq va mazmunli suhbat uchun minnatdorlik bildiraman”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing