O‘zMTDP “Ichan qal’a” hududidagi sho‘rlanish va yemirilishlarga qarshi takliflar ishlab chiqdi
Jamiyat
−
17 iyul 2019
3399Kecha, 16 iyul kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining joriy yilning birinchi yarim yillik hisobot anjumani o‘tkazildi. Unda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, Markaziy kengashi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
O‘tgan davr mobaynida O‘zMTDP fraksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan parlament hamda deputatlik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha O‘zMTDP fraksiyasi, partiya va Xorazm Ma’mun akademiyasi hamkorligida YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xorazm viloyati Xiva shahridagi “Ichan qal’a” davlat muzeyi qo‘riqxonasining saqlanish holati va turistlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilgan, natijada mazkur me’moriy obida hududida aniqlangan sho‘rlanish va yemirilishni oldini olish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziriga kiritilgan.
Matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, fraksiya tomonidan hududlar kesimida barcha tuman va shaharlarda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati o‘rganilib, tahlil qilingan. Shuningdek, o‘rganishlar davomida joylarda birlamchi tibbiyot muassasasi rahbarlarining axboroti eshituvi tashkil etilgan.
O‘tgan davr mobaynida O‘zMTDP fraksiyasi a’zolarining qonunchilik tashabbuslari hamda Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihalariga ko‘ra, mamlakatda sog‘liqni saqlash borasida “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi, “Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi to‘g‘risida”gi, “Inson organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi, “Inson organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi kabi qator qonun loyihalari ishlab chiqilib, muhokamalarga kiritildi.
Joylarda O‘zMTDP fraksiyasi a’zolari tomonidan 2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturiga muvofiq, har oyning oxirgi haftasida o‘z saylov okruglaridagi haqiqiy holatni o‘rganish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash yuzasidan hisobot davrida o‘z saylov okruglarida uchrashuvlari tashkil etildi. Uchrashuv doirasida respublika darajasidagi ko‘tarilgan masalalarning yochimini ta’minlash maqsadida 46 ta deputatlik so‘rovlari tegishliligiga ko‘ra, vazirlik va idoralarga yuborilgan.
Muloqotlar natijasida fraksiya a’zolari tomonidan 1 567 ta xonadon, 1 106 ta ijtimoiy soha ob’ektlari, 621 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga, jami 3 814 ta ob’ektlarga tashrif buyurilib, ularning bugungi real ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan yaqindan tanishib, tahlil qilingan. Ushbu uchrashuvlarga 40 ming nafardan ortiq aholi qamrab olinib, mazkur uchrashuvlarda aholi tomonidan asosan uy-joy, kommunal (760 ta), aholi bandligi (126 ta), ta’lim (520 ta), sog‘liqni saqlash (311 ta), bank kredit (113 ta), tadbirkorlik (138 ta), transport va yo‘l qurilishi (341 ta) kabi sohalardagi mavjud muammolar aniqlangan. Aniqlangan 1 921 ta muammo fraksiya a’zolari tomonidan va tegishli mahalliy davlat organlari hamkorligida joyida hal etilgan bo‘lsa, 124 ta respublika miqyosida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlariga yuborilib, bugungi kunda ijrosi qat’iy nazoratga olingan.
LiveBarchasi
26 noyabr