O‘zbekistonda 22 ta podstansiya rekonstruksiya qilinadi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2019
4088“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Andijon, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahridagi zamonaviylashtirilayotgan podstansiyalar hududiga 25 metrdan yaqin masofada yer uchastkasiga ega bo‘lgan aholiga murojaat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 sentyabr PQ-3284-sonli “Jahon Banki ishtirokida “Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini zamonaviylashtirish va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Respublika hududida joylashgan 22 ta podstansiyalarda qurilish-montaj ishlarini (zamonaviylashtirish) bajarish nazarda tutilgan.
Ushbu loyiha doirasida Jahon Banki bilan birgalikda “Ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi” ishlab chiqildi va o‘tkazilgan tekshiruvlarda quyida keltirilgan podstansiyalar ruxsat etilgan (25 metr) masofadan qisqa oraliqda turar joy va sanoat ob’ektlari bilan chegaralangani aniqlandi:
· PS “Yulduz” (Andijon tumani, Andijon viloyati);
· PS “Jizzax” (Jizzax shahri, Jizzax viloyati);
· PS “Kattaqo‘rg‘on” (Kattaqo‘rg‘on shahri, Samarqand viloyati);
· PS “Samarqand" (Xishrau qishlog‘i, Samarqand viloyati);
· PS “Ozodlik” (Uchtepa tumani, Toshkent shahri);
· PS “Yuksak” (Yakkasaroy tumani, Toshkent shahri);
· PS “Qo‘yliq” (Yashnobod tumani, Toshkent shahri).
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni inobatga olgan holda, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2019 yilning 7-10 oktyabr kunlari yuqoridagi podstansiyalarga yaqin joylashgan hudud aholisi bilan yuzaga keluvchi ekologik va ijtimoiy savollarni muhokama qilish maqsadida quyidagi sanalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy konsultativ yig‘ilishlar haqida e’lon qiladi:
· PS “Yulduz” - 7 oktyabr 2019 yil;
· PS “Ozodlik” - 8 oktyabr 2019 yil;
· PS “Yuksak” - 8 oktyabr 2019 yil;
· PS “Qo‘yliq” - 8 oktyabr 2019 yil;
· PS “Jizzax2 - 9 oktyabr 2019yil;
· PS “Kattaqo‘rg‘on” - 10 oktyabr 2019 yil;
· PS “Samarqand”- 10 oktyabr 2019 yil.
Barcha savol va takliflar bo‘yicha ushbu aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
“Modernizatsiya” loyihasini amalga oshirish guruhi
(71) 208 55 92
grp_modern@mail.ru
“Yulduz” podstansiyasi boshlig‘i
(93) 410 20 72
“Jizzax”podstansiyasi boshlig‘i
(90) 643 90 65
“Kattaqo‘rg‘on" podstansiyasi boshlig‘i
(93) 336 85 90
“Samarqand” podstansiyasi boshlig‘i
(91) 559 02 30
“Ozodlik” podstansiyasi boshlig‘i
(94) 633 18 33
“Yuksak” podstansiyasi boshlig‘i
(99) 791 23 73
“Qo‘yliq” podstansiyasi boshlig‘i
(71) 280 39 42
LiveBarchasi