O‘zbekistonda 2030 yilgacha 5 ming kilometr elektr tarmog‘i quriladi
Jamiyat
−
15:14 343 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2030 yilgacha 5 ming kilometr tarmoq va 16 ta yirik podstansiya qurish, energiya saqlash quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda bugun, 16 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda so‘z ochdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi besh yilda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga 2 milliard dollardan ziyod yo‘naltirilgan. Navbatdagi katta vazifa tarmoqlarni yangilash va energiya saqlash tizimlarini rivojlantirish.
2030 yilgacha 5 ming kilometr tarmoq va 16 ta yirik podstansiya qurish, energiya saqlash quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan. Loyihalarning katta qismi Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Bundan buyon ustuvorlik generatsiya, saqlash va tarmoqlarni birgalikda qamrab oladigan kompleks loyihalarga beriladi. Uzoq muddatli energiya saqlash uchun gidroakkumulyatsiya stansiyalarini qurishda ham investorlar bilan hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston energetikada ichki bozor bilan cheklanmaydi. Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan Kaspiy orqali “yashil” energiyani Yevropaga yetkazish loyihasi amaliy bosqichga o‘tmoqda. Afg‘oniston va Janubiy Osiyo bozorlari ham istiqbolli yo‘nalishlar sifatida belgilangan.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr
Sergelidagi masjidga o‘t ketdi
03 Oktyabr