O‘zLiDepning deputatlikka nomzodi javobgarlikka tortildi

Jamiyat

oPZkd9-ZyuljwaAu3t4EVeUP8X325odY

Namanganda Xalq deputatlari viloyat kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan vakil ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Saylov kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, deputatlikka nomzodlar tashviqotni saylovchilarga imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish bilan qo‘shib olib borish taqiqlangan. 

Ushbu tartib qonun bilan qat’iy belgilab qo‘yilishiga qaramasdan, Xalq deputatlari viloyat kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Namangan shahridagi 32-Isfarxon saylov okrugidan nomzodi ko‘rsatilgan Z.Xo‘jayev 2019 yil 3-4 dekabr kunlari Namangan shahridagi nomzodi qo‘yilgan “Haqiqat” hamda “Marg‘ilon” MFYda yashovchi saylovchilar bilan uchrashib, saylov kuni unga ovoz berishlari uchun ularga oziq-ovqat mahsulotlarini tekin tarqatib, saylovoldi tashviqotini olib borgan.

Ushbu holat yuzasidan, Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Z.Xo‘jayevga nisbatan MJtKning 51-5-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun Namangan shahar ma’muriy sudiga yuborilgan.

Namangan shahar ma’muriy sudining 20 dekabrdagi qaroriga asosan Z.Xo‘jayev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-5-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.

Avvalroq, O‘zLiDepdan bo‘lgan boshqa bir deputatlikka nomzod saylovchilarga arzon narxda un va yog‘ sotgani uchun javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, shahar, tuman kengashlari deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura saylov

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing