O‘zkomnazorat Twitter, Vkontakte va WeChat'ga ko‘rsatma berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha dalvat inspeksiyasi – O‘zkomnazorat joriy yil may oyida vakolatli davlat organlari tomonidan monitoring o‘tkazilgan monitoring natijalarini e’lon qildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, “Mail.ru Group” kompaniyasining Vkontakte, “Twitter Inc” kompaniyasining Twitter hamda “Tencent-Inc” kompaniyasining WeChat ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlariga “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunning 271-moddasi talablariga rioya etmayotgan holda ishlov berilayotgani aniqlangan va bu haqida O‘zkomnazoratga xulosa kiritilgan.

“Vkontakte”, “Twitter” va “WeChat” ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlarga qonun talablariga zid ravishda ishlov berilayotgani uchun O‘zkomnazorat tomonidan “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 271-moddasi talablariga rioya etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan “Mail.ru Group”, “Twitter Inc” va “Tencent-Inc” kompaniyalariga ko‘rsatmalar berildi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, O‘zbekiston fuqarolariga doir ma’lumotlarga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘ida ishlov berishda ularni jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda yig‘ilishi va saqlanishini ta’minlash maqsadida xorijda faoliyat yuritayotgan “Facebook Inc.” (Facebook Messenger, Instagram, WhatsApp), Google (Google Messenger, YouTube), Mail.ru (Vkontakte, Odnoklassniki), Microsoft Skype, Telegram, Tencent Wechat, TikTok, Twitter, Yandex (Yandeks taksi, Yandeks karti, Yandeks messenjer, Yandeks.dengi) kompaniyalariga qonunchilik talablarini bajarish haqida murojaat xatlari yuborilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun shaxsga doir ma'lumot

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing