“O‘zini yakkalash” hayot tarzida qanday mahsulotlarni iste’mol qilish foydali?

Salomatlik

image

Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish hamda nazoratdan chiqarmaslikni ta’minlash maqsadida joriy yil 6 apreldan “o‘zini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etildi. Ana shunday rejimda oziq-ovqat mahsulotlari xaridiga qanday e’tibor qaratish kerak? 

Avvalambor, oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddatga, ortig‘i bilan sotib olish tavsiya etilmaydi. Sababi O‘zbekistondagi savdo shoxobchalari yetarli darajada zaxiraga ega.

Bundan tashqari, tez buziluvchan mahsulotlarni keyinroqqa qoldirib, asosan, xona haroratida yaxshi saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olgan maqsadga muvofiq. Asosiysi, mahsulotning yaroqlilik muddati, qadoqning nuqsonsizligi va tarkibini tekshirib olish muhim, deyiladi maslahatda.

Eng muhimi, onlayn buyurtma qanday tarzda yetkazib berilganligini tekshirish zarur. Tez buziluvchan oziq-ovqatlar muzlatkich-xaltasi yoki termopaketda saqlangan bo‘lishi kerak. Mana shu qoidalarga rioya qilinmagan bo‘lsa, buyurtmani ikkilanmay qaytaring. Onlayn xaridlarda esa mahsulotlarni ochishdan oldin qo‘lni albatta sovun bilan yuvish zarur.

Do‘konga borganingizda qo‘lingizda qo‘lqop bo‘lmasa, aravachalarni va savatchalarni spirtli sochiqlar bilan artish kerak bo‘ladi.

“O‘zini yakkalash” hayot tarzida ko‘proq meva-sabzavot, oqsilga boy mahsulotlarni iste’mol qilish kerak. Bunday ovqatlanish immunitet oshishiga yordam beradi hamda ortiqcha vazndan saqlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing