O‘zini rus deb bilganlar Donbassdan ketsin — Zelenskiy 

Olam

image

O‘zini rus deb hisoblaydigan Donbass aholisi Rossiyaga ko‘chishi kerak, chunki ertami-kechmi mintaqa Ukrainaga qaytadi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy
Ukrainaning “Dom” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.  

Bu kanal Kiyev tomonidan nazorat qilinmaydigan Donbass hududlarida translyatsiya qilish uchun maxsus tashkil etilgan, uning dasturlari rus tilida efirga uzatiladi. Ta’kidlanishicha, Zelenskiy ham rus tilida gapirgan. 

“Agar siz bugun Donbassning vaqtincha bosib olingan hududida yashasangiz va “bizning ishimiz to‘g‘ri”, “biz rusmiz” deb o‘ylasangiz, Donbassda qolish katta xato. Chunki bu hududda Ukrainasiz sivilizatsiya bo‘lmaydi”, degan Zelenskiy. 

Ukraina Prezidentiga ko‘ra, Donbass hech qachon Rossiya hududi bo‘lmaydi. 

“Agar siz Rossiyani yaxshi ko‘rsangiz va butun umr Ukraina hududida bo‘lib, uni Rossiya deb his qilsangiz, farzandlaringiz va nabiralaringiz uchun allaqachon Rossiyadan o‘z joyingizni qidirishingiz kerak. Bu to‘g‘ri”, degan Ukraina davlati rahbari. 

Shu bilan birga, u o‘zlarini ukrain deb his qiladigan, ukrain bayrog‘ini va tilini hurmat qiladigan Donbass aholisini qolishga chaqirgan. 

“Chunki bu yer har qanday holatda ham qaytariladi”, degan Zelenskiy. 

Ma’lumot o‘rnida, Donbass mintaqasi Ukrainaning Donetsk va Lugansk hamda Rossiyaning Rostov viloyatlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu hududda 2014 yildan beri harbiy harakatlar davom etmoqda. Buning oqibatda shu vaqtga qadar 13 ming kishi halok bo‘lgan. 

Nizo bir tomondan Ukraina Qurolli kuchlari, ikkinchi tomonda ikki alohida o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari o‘rtasida bormoqda. Ushbu ikki hudud Ukrainadagi 2014 yilgi siyosiy inqiroz vaqtida vujudga kelgan.  

Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarining ikkisi ham na Ukraina va na jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan. Biroq, ularni Rossiya qo‘llab-quvvatlab kelayotgani ma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Donbass Zelenskiy

Baholaganlar

299

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing