O‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan buxorolik ayol jazolandi
Jamiyat
−
15 fevral 2020
35319Payg‘ambarlikni da’vo qilgan buxorolik ayolga bir yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati Shofirkon tumani Jo‘ynav qishlog‘ida yashovchi ayol o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan. Ismi sir tutilayotgan ayol o‘ziga vahiy kelayotgani va g‘ayb xabarlari asosida “Tuhfa” deb atalgan kitob tartib qilayotganini iddao qilgan.
Soxta da’vo bilan chiqqan ayol “Tuhfa” kitobida Muhammad alayhissalom oxirgi payg‘ambar ekani va Qur’oni karim ilohiy kitob ekanini rad etgan.
Ayol Buxoro davlat universitetini bitirgan qizini ham ushbu ishga jalb etgan.
Ta’kidlanishicha, jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soladigan materiallar tayyorlash va tarqatish jinoyatini sodir etishda ayblangan ayolga sud 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan. Jinoyat ishiga doir boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.
LiveBarchasi