Turkiyada 61 yoshli erkak o‘zini payg‘ambar deb e’lon qildi (video)

Olam

image

Turkiyaning Karabuk shahrida yashovchi 61 yoshli Mahmud D. o‘zini “Iso Masih” deb e’lon qilib, uyining tomi va panjaralariga “Masih”, “Payg‘ambar”, “35”, “66” va “Iso” kabi yozuvlarni yozib chiqqan. Bu haqda “Milliyet” xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea Bayir mahallasi Bog‘lar ko‘chasida sodir bo‘lgan. Qo‘shnilardan shikoyat tushgach, voqea joyiga politsiya va shahar hokimiyati nazorat xodimlari yetib kelgan.

Xodimlar Mehmet D.dan yozuvlarni o‘chirishni talab qilgan. Shundan so‘ng u bo‘yoq olib, panjaradagi yozuvlarni o‘zi bo‘yab o‘chirgan. Uyining tomidagi yozuvlar ham olib tashlangan.

“Yolg‘on Masihlarni chiqarib, meni yomonlashmoqchi bo‘lishdi. Bu ish hazil emas. Qayerga chaqirsangiz, borishga tayyorman. Alloh menga vahiy yubordi. Men buni yillardan beri aytib kelayapman. Ya’ni, ko‘p yillardan beri shu yo‘lda yuribman. Erzurumning Ispir tumanida yer yuziga osmondan shakar yog‘gandek bo‘lgan biz tarafda”, degan u.

Shuningdek, u taxminan olti-yetti yoshidan beri oilasi atrofida qandaydir kuchlar tomonidan qurshovga olinganini, bu voqea boshlanganiga 5-6 yil bo‘lganini aytgan.

“Hozir yahudiylar Dovud naslidan bo‘lgan Iso Masihni kutmoqda. Xristianlar Maryam o‘g‘li – meni, ya’ni Iso Masihni kutmoqda. Musulmonlar ham Iso Masihni kutyapti”, degan Mahmud. D.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya payg'ambar Karabuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing