O‘zimizga tutilgan oyna – Komil Allamjonov so‘z erkinligining ahamiyati haqida

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov O‘zbekistonning “Chegara bilmas muxbirlar” nohukumat tashkilotining so‘z erkinligi reytingidagi o‘rni haqida fikr bildirdi.

“O‘zbekiston “Chegara bilmas muxbirlar” nohukumat tashkilotining so‘z erkinligi reytingida 53,52 ko‘rsatkich bilan 160-o‘rinni egalladi. Ikki yil oldin 169-o‘rinda edik, o‘tgan yili esa 165-o‘rinda.

Hisobotda o‘zbek jurnalistlari so‘nggi ikki yilda majburiy mehnat va korrupsiya kabi dolzarb mavzularda yoza boshlagani, biroq media sohasida hali ichki senzura kuchli ekani ta’kidlangan. Bu — mamlakatda so‘z erkinligini ta’minlash, jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qilinadigan ishlar hali ko‘p degani. Ommaviy axborot vositalarini himoya qilsak, dalda bersakkina o‘tkir mavzular qalamga olinadi”, deydi Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Tojikiston reytingda o‘tgan yili 149-o‘rinda edi, bu yil esa 161-o‘rinda. Rossiya ham o‘tgan yilgiga nisbatan bitta pog‘ona yo‘qotgan – 149-pog‘ona. Qirg‘iziston esa reytingini 15 pog‘onaga yaxshilagan – 83-o‘rin.

"Mazkur hisobot o‘zimizga tutilgan oyna – so‘z erkinligi bo‘lmagan yurtda rivojlanish va taraqqiyot ham bo‘lmaydi. Bugungi siyosat, bugungi islohotlar esa ana shu so‘z va matbuot erkinligiga chambarchas bog‘liq", deb qayd etgan agentlik direktori.


Maqola muallifi

Teglar

Komil Allamjonov so'z erkinligi

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made