O‘zidan kasal “yasab olgan” Saakashvili qamoqqa qaytishi mumkin

Olam

image

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining sog‘lig‘i yaxshilanmoqda. Shu sababli u qamoqxonaga qaytib, jazosini o‘tashi mumkin. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar berdi.

Gruziya Adliya vazirligi rahbari Rati Bregadzening aytishicha, sobiq prezident o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda va tez orada shifoxonadan chiqadi.

“Men uning salomatligi yaxshilanganini tasdiqlayman. Uning salomatligi keskin yaxshilanganidan xursandmiz, shifokorlarning tegishli qarori va tavsiyasi bo‘lgach, jazoni ijro etish muassasasiga o‘tkaziladi”, deydi vazir.

Saakashvili uchun maxsus tuzilgan Ombudsman kengashi o‘tgan oy xulosa chiqargan va unda sobiq davlat rahbarining salomatligi joyida ekanligi qayd etilgan . Shu bilan birga, shifokorlar sobiq prezident hali ham doimiy tibbiy nazoratga muhtojligini qo‘shimcha qilgan.

Mixail Saakashvili ovqatlanmaslikdan kelib chiqqan kaxeksiya (qattiq holdan toyish)dan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, demensiya haqida xabar berilgan.

Ma’lumot uchun, Saakashvili 2013 yilda Gruziyani tark etgan, shundan so‘ng mamlakatda unga qarshi to‘rtta jinoiy ish ochilgan, shundan ikkitasida siyosatchi sirtdan uch va olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2021 yil oktyabr oyida Saakashvili Gruziyaga yashirincha kelganida hibsga olingan. 2022 yil may oyida sog‘lig‘i yomonlashgani sababli u Tbilisidagi "Vivamed" xususiy klinikasiga olib o‘tilgan va u shu kungacha o‘sha yerda qolmoqda. Gruziya rasmiylari Saakashvili qamoqdan chiqish uchun kasallikni "yoqib olgan", deya hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 iyul kuni Saakashvili Tbilisi shahar sudining 2007 yildagi mitingni tarqatib yuborish ishi bo‘yicha yig‘ilishida shifoxonadan videoaloqa orqali ishtirok etgandi. Videoda sobiq prezident ozib ketgani ko‘rinadi. Keyinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Tashqi ishlar vazirligiga Gruziya elchisiga qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina fuqaroligiga ega bo‘lgan Saakashvili masalasi bo‘yicha maslahatlashish uchun 48 soat ichida mamlakatni tark etish haqida buyruq berishni topshirdi. Gruziya Tashqi ishlar vazirligi Kiyev qarorini diplomatik munosabatlarni keskinlashtirish, shuningdek, suveren davlatning ichki ishlariga aralashishning ekstremal shakli deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

qamoq Mixail Saakashvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing