O‘zi kiritgan qoidani o‘zi buzgani uchun Chexiya SSV rahbari ishdan ketdi

Olam

image

Chexiya Sog‘liqni saqlash vaziri Roman Primula o‘zi kiritgan koronavirusga qarshi kurash choralarini buzgani sababli iste’foga chiqdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar bermoqda.

Prezident Matbuot xizmati xabar qilganidek, 29 oktyabr kuni davlat rahbari Milosh Zeman shifokor Yan Blatniyni Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbari etib tayinlaydi.

Blatniy ayni damda Brno shahridagi klinikaning direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlamoqda. Ishdan ketayotgan vazir atrofidagi janjal o‘tgan hafta avj oldi. Primula aslida yopiq bo‘lishi kerak bo‘lgan restoranlardan biriga tashrif buyurgan va ziyofat qilgan. Paparatssilar esa buni suratga olgan.

Koronavirus infeksiyalari sonining keskin o‘sishi munosabati bilan Chexiya Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘tgan hafta restoran va barlarning yopilishi va ijtimoiy aloqalarning keskin cheklanishi haqida e’lon qilgan edi. 28 oktyabrdan boshlab Chexiyada tunda komendantlik soati joriy etildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya koronavirus

Baholaganlar

67

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing