O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
15 yanvar 30898 1 daqiqa
2026 yil 16-19 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ogohlantirish e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Live
Barchasi