O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
05 noyabr 2025 39029 1 daqiqa
Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5-7 noyabr kunlari kutilayotgan havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarining (Chotqol tizmasining tog‘lari) tog‘li hududlarda dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor ko‘chish xavfi mavjud.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Esslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli shamol kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirish bilan chiqqan edi. Xususan, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025