O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 29-30 noyabr va 1 dekabr kunlari “Qamchiq” dovonida kuchli qor yog‘ib, ko‘rinuvchanlik darajasi keskin pasayishi kutilyapti. Gidrometeorologiya xizmati markazi shunday ogohlantirish bilan chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, A-373 “Toshkent – O‘sh” avtomobi yo‘lining “Qamchiq” dovoni xududida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 17–20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, Toshkent viloyati Ohangaron tumani, Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘lari tabiiy hududi bo‘ylab qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo qor Qamchiq

Baholaganlar

1757

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing