O‘zgidromet 7 viloyat aholisiga shoshilinch ogohlantirish yo‘lladi
Bu qiziq
−
13 fevral 2023
18356Gidrometeorologiya xizmati markazi 7 viloyat aholisiga qor ko‘chish xavfi munosabati bilan tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16-18 fevral kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, joriy yil 14-20 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
• Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
• Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
• Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
• Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
• Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
• Namangan viloyati: Pop tumanida;
• Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet joriy hafta oxirigacha mamlakatda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkinligi, 14-16 fevralda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, shuningdek, 9 ta viloyatda sel kelishidan ogohlantirish bergan edi.