Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
23 may 2025 11706 1 daqiqa
Ob-havo sharoitining yomonlashuvi oqibatida simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdori ko‘payishi mumkin. Shu sababli Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi.
Fuqarolardan quyidagilarga alohida e’tibor berish so‘raladi:
- avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik;
- ko‘chada yurishni cheklash, ayniqsa allergiya yoki changga yuqori sezuvchanlik bo‘lsa;
- shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lish;
- shaxsiy mulkni asrash.
Favqulodda vaziyatlar yuz berganda ushbu telefon raqamlariga murojaat qilish so‘raladi: 1050, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 may kuni ham Toshkent shahrida kuchli chang bo‘roni kuzatilgandi. Oqibatda poytaxt havosida PM 2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 44,95 mkg/m3 ni tashkil etgan. Bu esa ruxsat etilgan me’yordan 1,28 marta oshganini bildiradi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025