O‘zgarayotgan Konstitutsiyaga oddiy odamlar qanday taklif berishi mumkinligi aytildi
Jamiyat
−
26 may 2022
7495Xabaringiz bor, O‘zbekistonni yirik konstitutsiyaviy o‘zgarishlar kutmoqda. Kuni kecha mamlakat Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov raisligida Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgan edi.
Ayni vaqtda esa konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha fuqarolarning takliflari bilan ishlash mexanizmi ishlab chiqildi. U 6 bosqichdan iborat bo‘ladi.
1-bosqich
Fuqarolar, tashkilotlar, nodavlat va nototijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari o‘z takliflarini “Mening Konstitutsiyam” (meningkonstitutsiyam.uz) platformasi, mahallalar, Xalq deputatlari kengashlari, 1341 Call-markazi, pochta, elektron manzil (taklif@2022.uz), Telegram bot (@meningkonstitutsiyam_bot) orqali yo‘llashlari mumkin.
2-bosqich
Takliflar ro‘yxatga olingach, fuqarolar bu haqda xabardor qilinadi. Takliflar Konstitutsiyaviy komissiyaning takliflar bilan ishlash guruhiga yo‘llanadi.
3-bosqich
Kelib tushgan takliflar tahlil qilish va Konstitutsiyaviy komissiyaga kiritish uchun tayyorlanadi va Konstitutsiyaviy komissiya tahlil guruhiga yetkaziladi.
4-bosqich
Konstitutsiyaviy komissiya takliflarni ko‘rib chiqadi va Konstitutsiyaga o‘zgartish va ko‘shimchalar kiritish bo‘yi takliflar tayyorlaydi.
5-bosqich
Komissiya axborot xizmati fuqarolar, tashkilotlar, jamoatchilik va OAVni Konstitutsiyaga takliflar olish jarayoni bo‘yicha xabardor qiladi.
Komissiya Matbuot kotibi – deputat Odiljon Tojiyevning ma’lum qilishicha, “ayni paytda Konstitutsiyaviy komissiyaga aholidan ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushmoqda. Ular albatta ko‘rib chiqiladi”.
Qayd etilishicha, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ham o‘z takliflarini Konstitutsiyaviy komissiyaning takliflar bilan ishlash guruhiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishi mumkin.
LiveBarchasi