Prezidentning vakolat muddati 7 yilgacha uzaytirilishi mumkin
Jamiyat
−
25 iyun 2022
10915O‘zbekiston Prezidentining vakolat muddati 5 yildan 7 yilgacha uzaytirilishi mumkin. Bu haqda bugun, 25 iyun kuni umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasida belgilangan.
Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasi 2-qismiga o‘zgartishlar kiritish, ya’ni “besh” degan so‘zni “yetti” degan so‘z bilan almashtirish nazarda tutilgan.
Ma’lumot uchun, 90-moddaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor prezidentlik muddati 2011 yilda o‘zgartirilgandi. Bunda muddatlar 7 yildan 5 yilgacha qisqartirilgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15