O‘zga sayyoraliklarning Yerga kelganiga bir asrdan oshdi – AQSH kongressmeni
Bu qiziq
−
08 iyul 2023
22515AQSH Kongressi Vakillar palatasi qo‘mitasining a’zosi respublikachi Tim Burchett o‘zga sayyoraliklarning Yerga kelganiga bir asrdan oshganini aytdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Tim Burchettning so‘zlariga ko‘ra, AQSH hukumati o‘zga sayyoraliklar borligi haqida XIX asr oxirida bilgan. Ularning kosmik kemalari barcha zamonaviy fizika qonunlariga qarshi bo‘lib, nafaqat havoda, balki suv ostida ham iz qoldirmaydi. Kongressmen shov-shuvli bayonotida unda maxfiy hujjatlar va videolar borligini ham ta’kidlagan.
“Aslida, AQSH hukumati o‘zga sayyoraliklar borligini 1947 yildan beri, ya’ni mashhur Rozuyel hodisasi (Nyu-Meksikoda o‘zga sayyoraliklar kemasi ekanligi taxmin qilinadigan qurilma halokatga uchragan) sodir bo‘lganidan beri emas, balki 1897 yildan, ya’ni Texasda o‘zga sayyoraliklarning kemasi halokatga uchraganidan beri yashirib keladi. Mavjudotlar biz yetib bo‘lmaydigan texnologiyalarga ega va agar o‘zga sayyoraliklar xohlasa, odamlarni allaqachon ko‘mirga aylantirgan bo‘lar edi. Lekin yerdan tashqari sivilizatsiya biz uchun xavf tug‘dirmaydi, chunki ular hali birorta dushmanlik ssenariysini amalga oshirmagan. Ammo bu sodir bo‘lganida, insoniyatning o‘zga sayyoraliklarga qarshilik ko‘rsatish imkoniyati bo‘lmaydi”, deydi kongressmen.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha oy oldin Stenford universiteti professori, immunolog Garri Nolan Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan “Pentagon, yerdan tashqari razvedka va halokatga uchragan noma’lum uchar jismlar” konferensiyasida o‘zga sayyoraliklar Yerga tashrif buyurgani va hozir ham shu yerda ekanini aytib o‘tgan edi.
LiveBarchasi