“O‘zenergosotish” AJga yangi rahbar keldi
Jamiyat
−
19 iyun
7010Jahongir Obidjonovich Obidjonov “O‘zenergosotish” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Obidjonov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
Obidjonov 2004-2007 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda, 2007-2017 yillar “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” OATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2017-2019 yillar davomida “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, keyinchalik boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi, 2020-2022 yillarda esa “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, u 2024 yilda Angliyaning “Anglia Ruskin University” oliygohida “Biznes boshqaruvi magistri” (MBA) magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan.
LiveBarchasi