“O‘zekspomarkaz”ga koykalar joylashtirilyapti. Imtihon qayerda o‘tkaziladi?

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” pavilonida COVID-19 kasalligiga gumon qilinganlarni taqsimlash markazi tashkil etilyapti. U yerga 500 kishi uchun koyka o‘rnatilyapti.

Bu albatta, yaxshi. Koronavirus tarqalishining har qanday versiyasiga tayyor turish kerak. Ammo bu hol abituriyentlarda savol tudirishi aniq. Negaki, 2018 yildan beri “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida test sinovlari o‘tkazib kelingan. Bu yilgi imtihonlarda ham markazning 7 ta pavilonida test sinovi o‘tkazish belgilangan. Ammo epidemiologik vaziyat “O‘zekspomarkaz”da statsionar tashkil qilishga sabab bo‘ldi. Endi imtihon qayerda o‘tkaziladi?

Bu savolga javob olish uchun Toshkent shahar hokimligi Matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev bilan bog‘landik. U avvalo COVID-19 kasalligiga gumon qilinganlarni taqsimlash markazi birgina pavilonda tashkil etilayotganini ma’lum qildi.

“Birgina pavilon statsionarga aylantirildi. Imtihon o‘tkaziladigan boshqa maydonlarga tegilmadi. Bu joylar odamlarning psixologik qiyin ahvoli o‘tib ketsa, 2-3 kundan keyin balki kerakmas bo‘lib qolar”, dedi Furqat Mahmudxo‘jayev.

U so‘zida davom etib, agarda qo‘shimcha koykalar kerak bo‘lsa va pavilon bo‘shatilmagan taqdirda test sinovlari boshqa joyda o‘tkaziladi.

“Qo‘shimcha qayerda test sinovi o‘tkazish mumkinligi bo‘yicha shahar hokimining o‘rinbosari shug‘ullanyapti”, dedi hokimlik vakili.

Abituriyentlarning qayerga borishi test sinovidan bir necha kun oldin aytiladi. Mahmudxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, “O‘zekspomarkaz”da abituriyentlarga joy yetmaydigan bo‘lsa, qo‘shimcha joylar haqida kelasi hafta ma’lum qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon abiturient

Baholaganlar

376

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing