Uzcard javobgarlikka tortilishi mumkin

Jamiyat

image
Uzcard`ning 75 foiz ulushi Oybek Tursunovga o‘tdi north_east

Uzcard`ning 75 foiz ulushi Oybek Tursunovga o‘tdi

“Yagona umumrespublika protsessing markazi” MCHJ (Uzcard) Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etmasa javobgarlikka tortiladi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha,O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bozorda ustun mavqega ega bo‘lgan “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MCHJ tomonidan tijorat banklaridan olinadigan onlayn omonatlar xizmati uchun komissiyasini o‘rnatilishining maqsadga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha o‘z ishini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan tovar bozorida sotiladigan mol (ish, xizmatlar) uchun monopolistik jihatdan yuqori va monopolistik jihatdan past narxlarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan Qo‘mita tijorat banklariga tegishli onlayn omonat xizmatlari uchun komissiya tuzishga tegishli hisob-kitob materiallar va asoslarni talab qildi.

Unga ko‘ra, bugungi kunga kelib “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MCHJdan Qo‘mita tomonidan so‘ralgan tegishli ma’lumotlar to‘liq berilmagani sababli, o‘rganish muddatini cho‘zilishiga sabab bo‘lmoqda.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, agar, “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MCHJ tomonidan so‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilmasa, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga binoan, mazkur xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’muriyati ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Uzcard

Baholaganlar

405

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing