Uzcard`ning 75 foiz ulushi Oybek Tursunovga o‘tdi
Jamiyat
−
14 may 2020
14682Uzcard brendi ostida faoliyat olib boruvchi “Yagona umumrespublika protsessing markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati (MCHJ) ta’sischilari tarkibi yangilandi. Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrida havola qilingan ma’lumotlar shundan darak bermoqda.
Registrdagi ma’lumotlarga ko‘ra (MCHJning STIR raqami Ochiq ma’lumotlar portalida ko‘rsatilgan), MCHJning 75 foiz ulushiga egalik qilish huquqi jismoniy shaxs Mahmudov Ahror Abrorovichdan boshqa jismoniy shaxs — Tursunov Oybek Batirovich tasarrufiga o‘tgan.
Registrda Uzcard’ning qolgan 25 foizi ulushi “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MCHJning o‘ziga tegishli ekani ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, Ahror Mahmudov Uzcard’ning amaldagi rahbari hisoblanadi.
Avvalroq, Oybek Tursunov va Ismoil Murodov ta’sischisi hisoblangan “Promadik Invest” kompaniyasi “KapitalBank”ning 36 foiz aksiyasini sotib olgandi.
LiveBarchasi