Uzcard kartalarini Rossiyada ham ishlatish mumkin bo‘ladi
Jamiyat
−
28 mart 2019 6567 1 daqiqa
Xalqaro moliya-bank forumi doirasida Uzcard-"Mir" kobeyjing kartalarini chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deya xabar berdi o‘z saytida Yagona umumrespublika protsessing markazi.
Endilikda Rossiyaning "Mir" kartalaridan O‘zbekiston hududida foydalanish mumkin.
"Mir" to‘lov tizimi bilan hamkorlik chet ellik turistlar va O‘zbekiston tadbirkorlarining imkoniyatlarini kengaytiradi.
"Mir" tizimi Maestro, JCB va UnionPay singari eng yirik xalqaro tizimlar bilan birgalikda kartalar chiqaradi.
Qayd etilishicha, hozirda ikkala to‘lov tizimi hamkorligida Rossiya banklari infratuzilmasida Uzcard kartalari qabul qilinishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025