“O‘zboshimchalikka asoslangan”. Germaniya Babarikoga chiqarilgan hukmga nima deydi?

Olam

image

Germaniya hukumatining inson huquqlari bo‘yicha vakili Berbel Kofler Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Viktor Babarikoning hukmini “o‘zboshimchalikka asoslangan” deb atadi. Bu haqda Ombudsman bayonotiga asoslanib xabar berilgan.  

“Viktor Babarikoning sudi yakunida o‘zboshimchalik bilan chiqarilgan hukm yana bir bor Belarusdagi rejimning muxolifat siyosatchilariga qarshi harakatlarida har qanday repressiya vositasida to‘xtamasligini ko‘rsatmoqda”, degan Kofler. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Babariko qat’iylik ko‘rsatgan va qo‘rqitishga qaramay, aybini tan olmagan. 

Bayonotda, shuningdek, “siyosiy huquqlardan foydalanish jinoyat emas” deyilgan. Germaniya Federativ Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Minskni “siyosiy mahbuslarni” ozod qilishga, qonun ustuvorligi tamoyillariga rioya etilishini ta’minlashga va xalqaro majburiyatlarni bajarishga chaqirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Belarus prezidentligi uchun sobiq nomzod, “Belgazprombank”ning sobiq rahbari Viktor Babariko 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. U katta miqdordagi pora olishda va pul “yuvish”da ayblanmoqda. Babariko aybini tan olmagan va sudda ko‘rsatma berishdan bosh tortgan. Uning barcha sheriklari esa o‘z aybiga iqror bo‘lgan.  

Babariko “Belgazprombank” rahbari lavozimini o‘tgan yilning may oyida, prezidentlik saylovlarida ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi munosabati bilan tark etgan. U o‘z nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun imzo to‘plagan va 18 iyun kuni hibsga olingan. Iyul oyida saylov komissiyasi Babarikoning noqonuniy faoliyati va deklaratsiyada aks ettirilgan noqonuniy daromadlari sababli uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgan. Babariko bilan birgalikda saylovoldi shtabining rahbari bo‘lgan o‘g‘li Eduard ham hibsga olingan.  

2020 yil 15 iyun kuni Belarus Milliy banki Babariko va boshqa top-menejerlarga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgandan so‘ng “Belgazprombank”da vaqtinchalik boshqaruvni joriy qilgan. 2020 yil noyabrda Prezident Aleksandr Lukashenko dekabr oyida “Belgazprombank”da yangi ma’muriyat tashkil etilishini va bank o‘z faoliyatini davom ettirishini e’lon qilgan.  

Belarus muxolifatining yetakchilaridan biriga aylangan Babarikoning saylovoldi shtabi koordinatori, musiqachi Mariya Kolesnikova o‘tgan yil sentyabr oyida hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Belarus'

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing