O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni rasmiylashtirish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

Bugun, 21 iyun kuni bo‘lib o‘tayotgan Senatning 53-yalpi majlisida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi. 

Unga ko‘ra, yangi Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Keltirilishicha, Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, majlisda senatorlar tomonidan Qonunning qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilishiga va bu orqali aholining ijtimoiy, iqtisodiy hamda ushbu bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon berishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu yalpi majlisda Bosh prokuror nomzodi qayta ko‘rib chiqilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat er uchastkasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing