“O‘zbekoziqovqatxolding” AJ tugatiladi

Jamiyat

image

“O‘zbekoziqovqatxolding” aksiyadorlik jamiyati tugatiladi. Bu haqd O‘zbekiston Prezidentining muhkama uchun joylashtirilgan “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasida belgilangan

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi)ga quyidagi mablag‘larni o‘tkazib beriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma hisob raqamiga 2020-2021 yillarda teng ulushlarda 50 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkazib berilishini ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan– Jamg‘arma hisob raqamiga 70 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ini o‘tkazib berilishini ta’minlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 31 birlikdan iborat Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatining tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish departamenti rahbari lavozimi joriy qilinadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish departamenti rahbari quyidagilar uchun mas’ul etib belgilanadi:

•    oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;

•    oziq-ovqat sanoati korxonalarini qiynayotgan muamolarni doimiy tahlil qilib borish va ularni hal qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

•    Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo materiallarini import qilishdagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaga takliflar tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zbekoziqovqatxolding” aksiyadorlik jamiyatining taklifiga binoan “O‘zbekoziqovqatxolding” aksiyadorlik jamiyati tugatiladi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” aksiyadorlik jamiyati Oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash jamg‘armasining tugatish yakunlariga ko‘ra qoldiq mablag‘larini Jamg‘armaga o‘tkaziladi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning ustav jamg‘armalaridagi davlat aksiya (ulush)lari balans qiymati bo‘yicha bepul O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi.

Bunda, “O‘zagroeksportbank” ATB va “Agrobank” ATB ustav kapitallaridagi “O‘zbekoziqovqatxolding” aksiyadorlik jamiyati ulushi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qishloq xo'jaligi O'zbekoziqovqatxolding

Baholaganlar

77

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing