Farg‘onada mansabdor 50 ming dollar pora olayotganda ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘onada viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi kam ta’minlangan va ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun ajratilgan yerning bir qismini sotayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar yuyerdi. 

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs mahalliy tadbirkorga ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni olishida o‘zining mansabdor tanishlari orqali yordam berishini aytgan. 

Xususan, 2020 yilda boshqa bir fuqaroga kam ta’minlangan va ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida issiqxona tashkil etishi uchun ajratib berilgan 29 gektar yer maydonidan 5 gektar qismining toifasini o‘zgartirib, uy-joy qurish uchun olib berish evaziga 400 ming AQSH dollari talab qilgan. 

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanishi – Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi ushbu 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan. 

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (Pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Pop tumani hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi 1000 AQSH dollari pora olayotganida qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Farg'ona Qishloq xo'jaligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing