Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun QQS “0” stavkasi joriy etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kecha, 1 yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishda QQS bo‘yicha nol stavka joriy etildi. Bu haqda Prezidentning 2025 yil 4 sentyabr kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.

Hujjatga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab:

  • Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (bundan paxta va g‘alla mustasno) realizatsiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ning “nol” stavkasi joriy etiladi;
  • QQSning “nol” stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi va ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boriladi;
  • Ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan QQSni qoplash (qaytarish) tartibi amal qiladi;
  • qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga (bundan paxta va g‘alla mustasno) QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 3 kun muddatda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi;
  • Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan tovarlarni aynan bitta yetkazib berish zanjiri bo‘yicha QQS summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-faktura (EHF)larni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimi joriy qilinadi.

Bunda yuqori xavf darajasiga ega EHF bo‘yicha quyidagilar nazarda tutiladi:

  • ularning ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami EHFlar sonining 10 foizidan oshmasligi;
  • QQS summasi sotuvchi (etkazib beruvchi) yoki xaridor (buyurtmachi) tomonidan byudjetga to‘liq to‘langandan keyin hisobga olinishi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda elektromobillarni zaryadlash stansiyalari 2028 yil 1 yanvargacha bojxona to‘lovlaridan ozod qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

QQS Qishloq xo'jaligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing