“O‘zbekneftgaz”: “Poraxo‘r mayorning ”Chinobod neft baza” MCHJga aloqasi yo‘q"

Jamiyat

image

Avvalroq, Yangiyo‘l tuman ichki ishlar bo‘limining mayor unvonidagi mas’ul xodimi mahalliy fuqaroni “Chinobod neft baza” mas’uliyati cheklangan jamiyatining filiallaridan biriga rahbarlikka tayinlanishida yordam berishini aytib, buning uchun undan 50 ming AQSH dollari talab qilgani, kelishilgan pulning 10 ming AQSH dollarini Toshkent shahrida joylashgan Ichki ishlar vazirligi markaziy gospitali yonida olayotganda qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik. 

“O‘zbekneftgaz” AJ mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. Unda qayd etilishicha, “Chinobod neft baza” MCHJda hech qanday filial mavjud emas. Qo‘lga olingan IIB xodimining ham neft bazaga aloqador joyi yo‘q.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tuzilmasida o‘zgarish qilindi va muhim qadam tashlandi. Boshqaruv raisining buyrug‘iga asosan rejali, mavzuli, tezkor va masofaviy o‘rganishlar hamda xizmat tekshiruvlari o‘tkazish uchun “Moliyaviy va komplayens nazorati” departamenti tashkil etildi.

Ushbu departament aynan komplayens sohasidagi qonun, qoida va standartlarga muvofiqlikni, shu jumladan, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar bajarilishini hamda manfaatlar to‘qnashuvlarini me’yoriy hujjatlarga asosan boshqarilishini nazorat qiladi, mas’ul mansabdor shaxslar faoliyati bo‘yicha maqsadli o‘rganishlarni o‘tkazadi”, deyiladi bayonotda. 

Aksiyadorlik jamiyati o‘z bayonotida “O‘zbekneftgaz” “Korrupsiyasiz soha”ga aylanganiga ishontirishga urinadi. 

Shuningdek, agar sohaga oid qonun buzilish holatlariga uchralsa, “O‘zbekneftgaz” AJning (71) 207-27-72 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilish eslatiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekneftgaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing