“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi Toshkentdan ko‘chirildi
Jamiyat
−
01 iyul 2019 6213 1 daqiqa
O‘zbekistonda neft-gaz sohasida monopol tashkilot “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi Toshkentdan Qashqadaryoga ko‘chirildi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
“Joylarda muammo va vazifalarni tezkor hal etish, uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini bevosita nazorat qilish dasturining amalga oshirilishi uchun “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi Qashqadaryo viloyatiga ko‘chirildi”, deyilda xibarda.
Endilikda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 35-uyda joylashadi.
Kompaniyaning asosiy ishlab chiqarish va qayta ishlash aktivlari Qashqadaryo viloyatida joylashganligi inobatga olinsa, bu to‘g‘ri qaror.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr