O‘zbeklarning puliga muhtoj emasmiz. Pul “more” — Mutaxassis investitsiya olib kirish haqida (video)

Jamiyat

image

O‘zbekistonda mahalliy investorlar kapitali uchun talab qilayotgan foydalilik yuqori. Xorijlik investorlarda esa kamroq foydaga ham rozi. Bu haqda Energetika vazirligi elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish loyihasi direktori o‘rinbosari Bahrombek Umarbekov “Minbar” teledasturida aytib o‘tdi.

“O‘zbekistonda o‘zbekistonliklar kapitaliga talab qilayotgan foydalilik baland hisoblanadi. Bozorga tushib, “vikup”ga mashina olaman desa, 30 foizdan beradi. Bankka pul qo‘yuvchi ham 15 foizdan beradi. Nima uchun men o‘lib, kuyib yotibman, chet eldan investorlarni olib kelyapman. Chunki, arablar 6 foizdan pul qo‘yishga tayyor.

O‘zbekistonda hech kim, manaman degan Ortiqxo‘jayev ham, o‘sha “Murad Buildings” ham 6 foizga pul qo‘ymaydi. 15 foizga pul qo‘yadi, 15 foiz qaytmasa pulini ishlatmaydi. Jahon banki 3 foizdan pul beryapti. Biz o‘zbeklarni puliga muhtoj emasmiz. Pul “more”. Faqat buni to‘g‘ri sharoitini yaratsak bo‘ldi. Jahon banki sohalarda korxonalarning zarar ko‘rmasdan ishlashini ta’minla, men seni pulga ko‘mib tashlayman deyapti”, deydi Bahrombek Umarbekov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 may kuni O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirishning yangi tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi. Loyihada gaz va “svet” uchun ijtimoiy norma o‘rnatish hamda tabaqalashtirilgan tariflarga o‘tish taklif qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1770

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing