“O‘zbekkonsert” Kanizaga litsenziya berishni rad etdi
Madaniyat-san’at
−
24 fevral 2023
33480“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonanda Kaniza (Shahrizoda Ahmedova) litsenziya so‘rab qilgan murojaatini rad etdi. Boisi u artistning odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlar qilishda davom etmoqda. Bu haqda muassasa bergan bayonotda so‘z borgan.
“So‘nggi vaqtlarda xonanda Kaniza(Shahrizoda Ahmedova)ning ijtimoiy tarmoqlar orqali konsert-tomosha sohasida artistning odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlar qilishi hamda tomoshabinlarning his-tuyg‘ularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi roliklar joylashtirayotganligi muxlislarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan xonandaning 2023 yil 17 fevral kuni litsenziya uchun berilgan arizasi Badiiy kengashda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan 2023 yil 23 fevral kuni litsenziya berish rad etildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, xonandaga muxlislar bilan bahs-munozaralarga chek qo‘yish hamda e’tirozlarga sabab bo‘layotgan videoroliklarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslik, san’atkor odobiga rioya qilishi yuzasidan bir oy muhlat berilgan.
“Agarda belgilangan muddat ichida ushbu kamchiliklar bartaraf etilmasa, uning konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyasi butunlay to‘xtalishi ma’lum qilinadi”, deyilgan xabarda.
LiveBarchasi