O‘zbekistonning JCHga chiqish imkoniyati qanday baholanmoqda?
Sport
−
26 mart
27675O‘zbekiston terma jamoasining saralashning 3-bosqichidayoq 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 96 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda “We Global” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kapadze shogirdlarining 1-o‘rin bilan mundialga chiqish imkoniyati 3,1, 2-o‘rin bilan JCHga yo‘l olish foizi esa 92,9 ko‘rsatkichni tashkil etmoqda. O‘zbekiston bilan durang o‘ynagan Eron esa muddatidan avval to‘rt yillikning eng yirik futbol musobaqasiga chiptani naqd qildi.
O‘zbekistonning guruhdagi eng yaqin ta’qibchisi Birlashgan Arab Amirliklarining 3-bosqichda JCHga chiqish imkoniyati atigi 4 foizga baholanmoqda. Amirliklar katta ehtimol bilan “A” guruhida 3-o‘rinni egallashi va saralashning 4-bosqichida yurishini davom ettirishi taxmin qilinmoqda.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston iyun oyida JCH-2026 saralashining 9-turida safarda aynan BAA bilan bahs olib boradi. Mazkur o‘yindagi durang natija ham Kapadze shogirdlariga mundial yo‘llanmasini kafolatlaydi.
LiveBarchasi