O‘zbekistonning JCHdagi o‘yinlari qanday vaqtlarda boshlanadi?

Sport

image
O‘zbekistonning mundial uchun yakuniy tarkibi ma’lum qilindi north_east

O‘zbekistonning mundial uchun yakuniy tarkibi ma’lum qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan tongi soat 07:00 da boshlanadi.

O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi guruh bosqichi o‘yinlari quyidagi vaqtlarda start oladi (Toshkent vaqti bilan):

  • 18 iyun 07:00 – O‘zbekiston – Kolumbiya
  • 23 iyun 22:00 – Portugaliya – O‘zbekiston
  • 28 iyun 04:30 – Kongo Demokratik Respublikasi – O‘zbekiston

Agar O‘zbekiston terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egallaydigan bo‘lsa pley-off bosqichida “D”“E”“I”“J” guruhlaridagi ehtimoliy 3 o‘rin egalarining biri bilan to‘qnash keladi. Fabio Kannavaro shogirdlari guruhda 2 o‘rinni egallagan taqdirda Angliya, Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari guruhidagi 2-o‘rin sohibi bilan bahs olib boradi. Bordiyu 3-o‘rin bilan pley-offga chiqish nasib qilsa, yuqoridagi nomi tilga olingan jamoalar o‘rin egallagan guruh yetakchisi O‘zbekistonga raqiblik qiladi.

Pley-off bosqichi quyidagi vaqtlarda bo‘lib o‘tadi:

  • 29 iyun – 4 iyul: 1/16 final bahslari
  • 4 iyul – 8 iyul: 1/8 final bahslari
  • 10 iyul – 12 iyul: chorak final bahslari
  • 15 iyul: yarim final
  • 16 iyul: yarim final
  • 19 iyul: uchinchi o‘rin uchun o‘yin
  • 20 iyul: final.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 2 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bahsda Fabio Kannavaro shogirdlari 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Kolumbiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing