O‘zbekistonning mundial uchun yakuniy tarkibi ma’lum qilindi
Sport
−
14:04 3088 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘FA mundialda ishtirok etadigan 26 futbolchidan iborat yakuniy ro‘yxatini kecha, 1 iyun kuni rasman FIFA’ga topshirgan.
Unga ko‘ra, Fabio Kannavaroning 30 talik ro‘yxatida AQSHga yo‘l olgan, ammo tarkibga kira olmay qolgan 4 futbolchi ma’lum bo‘ldi. Bular – Sherzod Temirov, Jasur Jaloliddinov, Ruslanbek Jiyanov va Umarali Rahmonaliyev bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bugun, 2 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bahsda Fabio Kannavaro shogirdlari 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Endi ular joriy yilning 8 iyun kuni Niderlandiya bilan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Ta’kidlash joizki, Kanadaga qarshi uchrashuvda Hojiakbar Alijonov, Behruz Karimov, Umarali Rahmonaliyev va Sherzod Temirov qaydnomaga kiritilmagandi.
Eslatib o‘tamiz, Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Aziz G‘aniyev jarohat olgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi