O‘zbekistonning JCHdagi o‘yinlari 220 ta maktabda namoyish etiladi

Sport

image
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatidagi o‘yinlarini respublikaning 220 ta maktablarida tomosha qilish uchun katta ekranlar o‘rnatiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, loyiha doirasida mamlakatning 208 ta tuman va shahridagi umumta’lim maktablarida maxsus tomosha hududlari tashkil etiladi. Ushbu maktablarda o‘quvchilar, ota-onalar va barcha futbol ishqibozlari O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi o‘yinlarini katta ekranlar orqali jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, “Muxlislar maydoni” hududlari futbol uchrashuvlarini qulay sharoitlarda kuzatish uchun zarur texnik vositalar bilan jihozlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichida quyidagi uchrashuvlarni o‘tkazadi (Toshkent vaqti bilan):
  • O‘zbekiston – Kolumbiya (18 iyun, soat 07:00);
  • O‘zbekiston – Portugaliya (23 iyun, soat 22:00);
  • O‘zbekiston – Kongo (28 iyun, soat 04:30).

Maqola muallifi

Teglar

maktab O'zbekiston Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing