O‘zbekistonning Jahon chempionati chorak finalidagi raqibi aniq bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 22 noyabr kuni Indoneziyada davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Angliyani mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l olgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 1/4 finalda Fransiya bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.

1/8 final doirasida o‘tkazilgan Fransiya-Senegal bahsnining asosiy vaqti 0:0 hisobidagi nursiz durang bilan yakun topdi. Penaltilar seriyasida esa Faransiyaning qo‘li baland keldi.

Endi 25 noyabr kuni Fransiya vakillari Jamoliddin Rahmatullayev murabbiyligidagi O‘zbekiston bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Ta’kidlash joiz, Jamoliddin Rahmatullayev Angliyaga qarshi o‘yinning oxirgi daqiqalarida maydondan chiqib ketgan to‘pni tepib yuborgani uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolangandi. Endi Fransiyaga qarshi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasiga Rahmatullayevning yordamchisi murabbiylik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya O'zbekiston Indoneziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing