O‘zbekistonning Yevropa bilan munosabatlari qay ahvolda?

Jamiyat

image

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab quvvatlamoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan. 

Uning qayd etishicha, O‘zbekiston pandemiya sharoitidagi cheklangan muloqotlar davomida Yevropa mamlakatlari, shuningdek, boshqa an’anaviy sheriklar bilan munosabatlarda ijobiy dinamikani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan 

“Epidemiologik inqiroz Yevropa Ittifoqi bilan turli sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirish maqsadida yuqori darajadagi muloqotni izchil faollashtirishga to‘sqinlik qilolmadi. O‘tgan yili O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha boshlangan muzokaralar davom ettirilmoqda. Bugun ularning 7-turiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, deydi O‘zbekiston tashqi idorasida rahbari. 

Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va Yevropa Ittifoqining “GSP +” - “Preferensiyalar bosh tizimi”ning manfaatdor davlati maqomini olish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Vazirga ko‘ra, rasmiy Toshkentning yevropadagi sheriklari pandemiya davrida 30 million yevrodan ortiq yordam mablag‘larini ajratgan. 

“COVID-19 ning jahon, shu jumladan, Yevropa iqtisodiyotiga salbiy ta’siri sharoitida Yevropadagi sheriklarimiz pandemiya oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekistonga 30 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratdi. Norvegiya, Finlyandiya va Yevropa Ittifoqi Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida Trast fondiga moliyaviy yordam ko‘rsatdi”, deydi vazir.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi O'zbekiston-Evropa

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing