O‘zbekistonning yangi konsuli Xitoyga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining yangi tayinlangan Bosh konsuli Aziz Masutov Toshkent shahridan Xitoyning Shanxay shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Aziz Masutov ilgari TIVning Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-27 aprel kunlari “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyurdi. Tashrif davomida davlat rahbari O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasining yangi binosi bilan tanishdi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Xitoy Aziz Masutov

Baholaganlar

9

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing