O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi 61 mlrd dollardan oshdi
Jamiyat
−
09 Sentabr
67402024 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi 61 milliard dollardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki statistikasida keltirilgan.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 5 sentyabr kuni parlament yig‘ilishida 2024 yilning I yarmida O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 37 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qildi. Shundan davlat tashqi qarzi 30,9 milliard dollar, ichki qarzi 6,1 milliard dollarga yetgan. Qo‘chqorovning Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisobotiga tayanib aytishicha, hozirda O‘zbekistonning davlat qarzi mo‘tadil darajada.
Mamlakat davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2024 yilda 37 foiz, 2025 yilda 37,4 foiz, 2026 yilda 37,9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 2024 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 100 milliard dollardan, 2025 yilda 125 milliard dollardan, 2026 yilda 140 milliard dollardan ortishi taxmin qilingan.
Chetdan oltin xarid qilish masalasida esa O‘zbekiston eng ko‘p oltin xarid qilgan davlatlar qatorida ikkinchi o‘rinni egalladi. Markaziy bank joriy yilning iyun oyida 9 tonna, iyulda esa 9,6 tonna oltin sotib olib, oltin zaxiralarini 375 tonnaga yetkazdi.
LiveBarchasi