O‘zbekistonning Vengriyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor echisi Oybek Shaxavdinov kecha, 7 mart kuni Vengriya poytaxtiga bordi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Oybek Shaxavdinov Budapeshtga tayinlanishidan oldin TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

46 yoshli diplomat Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura), Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining tarjimonlar tayyorlash kursini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshlagan, so‘ngra TIVning Yevropa davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasida referentlikdan boshqarma boshlig‘i singari diplomatik xizmatning barcha bosqichlarini bosib o‘tgan. Shuningdek, O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasida ishlagan.

Shaxavdinov ingliz, rus va fransuz tillarini mukammal biladi. U O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 fevral kuni O‘zbekistonning Qatarga tayinlangan birinchi elchisi Ashraf Xo‘jayev Dohaga yetib borgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Budapesht Oybek Shaxavdinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing