O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 60 mlrd dollarga yetdi

Olam

image

Joriy yilning yanvar-noyabr oylari holatiga ko‘ra O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 59,4 mlrd AQSH dollarga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobot e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2024 yil yanvar-noyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi  59,4 mlrd AQSH dollariga yetgan va 2023 yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 2,1 mlrd AQSH dollariga yoki 3,6 foizga oshgan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 24 mlrd 223 mln AQSH dollariga (2023- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 4,4 foizga ko‘paygan) va import hajmi 35 mlrd 145 mln AQSH dollariga (3,0 foizga ko‘paygan) yetgan. Hisobot davrida 10 mlrd 922 mln AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 195 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda (19 foiz), Rossiyada (18 foiz), Qozog‘istonda (6,5 foiz), Turkiyada (4,4 foiz) va Koreya Respublikasida (3,0 foiz) qayd etilgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilda O‘zbekiston-AQSH savdo aylanmasi rekord darajada o‘sib, 773,3 mln dollarga yetgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tashqi savdo aylanmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing