O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 3,5 mlrd dollarga kamaydi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2020
2128Joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 24,5 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu 2019 yilning mos davriga nisbatan ko‘rsatkich 3,5 milliard AQSH dollariga yoki 12,7 foizga kamayganidan dalolat. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda (16,4 foiz), Rossiyada (14,6 foiz), Qozog‘istonda (7,2 foiz), Koreyada (5,9 foiz), Turkiyada (5 0 foiz), Qirg‘izistonda (2,3 foiz) va Germaniyada (2,0 foiz) qayd etilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (461,8 million AQSH dollari), Qirg‘iziston (394,5 million AQSH dollari), Tojikiston (193,1 million AQSH dollari) va Eron (39,6 million AQSH dollari) shular jumlasidan. Qolgan 16 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
2020 yilning yanvar-avgust oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 29,9 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2018 yilga nisbatan ulushi 8,7 foizga kamaygan.
Boshqa xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 2020 yilning yanvar-avgust oylarida 2018 yilning shu davriga nisbatan 8,7 foizga ko‘paydi va O‘zbekistonning jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 70,1 foizni tashkil etgan.
LiveBarchasi