O‘zbekistonning Sank-Peterburgdagi konsulxonasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Sank-Peterburgdagi konsulxonasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Bosh konsul etib tayinlangan Abdurahmon Mahmudov, allaqachon, Rossiya shimoliy poytaxtiga yetib borgan. 

U Namangan davlat universiteti (bakalavr) va Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura)ni tamomlagan. 37 yoshli diplomat Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida, Tashqi ishlar vazirligi tuzulmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2019-2023 yillarda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasida birinchi kotib, so‘ngra maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Abdurahmon Mahmudov 2019 yildan 2024 yilgacha Sankt-Peterburgdagi Bosh konsullikni boshqargan Alisher Boboyev o‘rniga tayinlangan. 

Bosh konsullikning konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoli-G‘arbiy mintaqalari kiradi. Bular quyidagi 11 ta hududlar: Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Arxangelsk viloyati, Vologda viloyati, Kaliningrad viloyati, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri va Nenets avtonom okrugi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing