6,5 mingga yaqin xorijlik Sankt-Peterburgdan haydaldi

Olam

−

image

Joriy yil boshidan buyon Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan qariyb 6,5 ming nafar xorijiy fuqaro majburan chiqarib yuborildi. Ularning orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Bu haqda “Kommersant’” nashri xabar berdi.

Sankt-Peterburgdagi Federal sud ijrochilari xizmati bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davrida mamlakatdan chiqarib yuborilgan xorijliklar soni 6 ming nafardan biroz oshgan.

Rossiyada kirish yoki mamlakatda bo‘lish qoidalarini eng ko‘p O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari buzgan. Shuningdek, chiqarib yuborilganlar orasida Jazoir, Gvineya, Bangladesh, Braziliya, Filippin, Iordaniya, Germaniya, Isroil, Kanada va AQSH fuqarolari ham bo‘lgan.

Bildirilishicha, xorijliklar Rossiyaga kirish yoki mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksning 18.8-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan. Sud ijrochilari ularni “Pulkovo” aeroportidagi chegara nazorati punktigacha kuzatib borgan.

Rossiyadan majburan chiqarib yuborilgan xorijiy fuqarolarga besh yil davomida mamlakatga qayta kirish taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga ishlash maqsadida eng ko‘p kirgan migrantlar bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing