O‘zbekistonning Osiyo kubogiga boradigan tarkibi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
25 fevral 4952 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiy Kotrina Kulbite ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogida ishtirok etadigan futbolchilarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi.
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasining 2026 yilgi Ayollar Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etadigan tarkibidan Darvozabonlar: Zarina Saidova, Maftuna Jonimqulova va Kumush G‘ulomova o‘rin olgan.
Himoyachilar ichida Shodiya Tosheva, Ruxshona Usarova, Laylo Tilovova, Laylo Oraniyazova, Sevinch Qo‘chqorova, Komila Zaripova, Xolida Dadaboyeva, Maftuna Shoyimova, Madina Hikmatova, Dilrabo Asadovalar tanlab olingan.
Shuningdek, yarim himoyachilar: Asalxon Aminjonova, Feruza Turdiboyeva, Soliha Husniddinova, Diyora Baxtiyorova, Gulzoda Amirova, Umida Zoirova, Zarina Mamatkarimova, Ilvina Ablyakimova va hujumchilar: Dildora Nozimova, Ominaxon Valixonova, Diyoraxon Habibullayeva, Lyudmila Karachik, Nilufar Qudratovalar ham yakuniy tarkibdan o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ishtirokini 3 mart kuni Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Shuningdek, guruhda Bangladesh va Xitoy terma jamoalari ham o‘rin olgan.
Live
Barchasi